Ukraina har qanday ssenariyga tayyor — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qoʻshma Shtatlar bilan tinchlik rejasini muvofiqlashtirish maqsadida Yevropada bir qator navbatdagi diplomatik uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.
Ukraina rahbari oʻzining Telegram sahifasida mamlakat diplomatik saʼy-harakatlarga ustuvor ahamiyat qaratayotgani, biroq zarurat tugʻilsa, mudofaani ham davom ettirishga tayyorligi haqida yozgan.
“Ukraina ehtimoliy rivojlanishlarning barchasiga tayyorlanmoqda. Biz olib borayotgan diplomatiya urushni toʻxtatish uchun yetarli boʻlmasa faol mudofaani davom ettirishga tayyormiz. Ukraina tinchlikka intilmoqda”, — deydi Zelenskiy.
Ukraina rahbarining qoʻshimcha qilishicha, mamlakat urushni siyosiy yoʻl bilan yakunlash imkoniyatlarini saqlab qolgan holda, xavfsizlik va mustaqillikni taʼminlashni ustuvor vazifa deb biladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring