Ukraina endi Moskvani nishonga oldi

Ukraina Kursk viloyatiga hujumini davom ettirar ekan, Moskvaga eng yirik uchuvchisiz uchoqlar bilan zarba berdi. Rossiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni mudofaa kuchlari Moskva va uning atrofidagi 11 ta dronni urib tushirgani, baʼzilari Podolsk shahri ustidan Kremldan 38 km janubda qulaganini maʼlum qildi.
“Bu Moskvaga dronlar bilan hujum qilishning eng yirik urinishlaridan biri”, dedi Moskva Meri Sergey Sobyanin.
Moskvaga dron hujumlari kamdan-kam uchraydi. Ukrainaning Rossiya poytaxtini nishonga olishga boʻlgan soʻnggi urinishi 2023-yil may oyida boʻlgan edi. Oʻshanda sakkizta dron urib tushirilgan. Chorshanba kunning oʻzida esa 45 ta Ukraina droni yoʻq qilingan. Ulardan tashqari Bryansk chegara mintaqasida 23 ta, Belgorod chegara mintaqasida 6 ta, Kaluga viloyatida 3 ta va Kursk viloyatida 2 tasi urib tushirilgan. Shuningdek, Rossiya nashrlari Moskva viloyati bilan chegaradosh Tula viloyatida 2 ta dron yoʻq qilinganini xabar qildi.
Bungunga kelib Ukraina Kursk hududining 1263 kv km, jumladan, 93 ta aholi punktini nazorat qilayotganini daʼvo qilmoqda. Chorshanba kuni Ukraina kuchlari Rossiyaning Janubiy Rostov viloyatida joylashgan S-300 Zenit raketa tizimiga zarba berganini aytdi.
Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Ukraina butunlay magʻlub boʻlmaguncha ikki mamlakat oʻrtasida muzokaralar boʻlmasligini vaʼda qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, Vladimir Putin harbiylarga 1-oktyabrgacha Kursk viloyati ustidan nazoratni toʻliq qaytarishga buyruq bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring