Ukraina askarlari rus harbiylariga Xarkovda pistirmalar uyushtirmoqda
Foto: oafnation.com
Ukraina armiyasi Xarkov viloyatining shimoli-sharqidagi janglarda rus radio aloqa uskunalarini qoʻlga kiritgan boʻlishi mumkin. Bu orqali ular rus askarlariga pistirmalar qoʻyish va yolgʻon axborot uzatish bilan shugʻullangan, deb taxmin qilinmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Ukrainaning 3-alohida hujum brigadasi tarqatgan videoda ukrain askarlari dushman radiosini qoʻlga olib, rus askarlariga pistirma qoʻygani tasvirlangan. Kadrlarda Ukraina qoʻshinlari ikki rus askarini ularga qarata oʻq uzmaslik uchun radiodan foydalangani koʻrsatilgan.
Rossiya may oyi boshida Xarkovga hujum uyushtirib, bir qancha qishloqlarni egallab olgan edi. Pistirmadan hujumga oʻtish holati muhim jang maydoni boʻlgan viloyatning shimoli-sharqiy hududida sodir boʻldi. Hozirda Kiyev alohida guruhlar yordamida Moskvaga qarshi harakatlarni kuchaytirgan. Bu esa Rossiyaning boshqa yoʻnalishda hujumga oʻtishiga sabab boʻlishi mumkin.
Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiyaning yangi hujum nuqtasi sharqiy Donesk viloyatidagi Pokrovsk boʻlishini aytmoqda. “Moskva kuchlari hozir Pokrovsk hududiga shaxsiy tarkibi, qurollari va resurslarini jamlamoqda”, deyiladi xabarda.
Zelenskiyning taʼkidlashicha, Rossiyaning Xarkov hujumida tez-tez pistirmalarga uchrayotgani va yoʻqotishlari bunday front oʻzgarishiga sabab boʻlgan. “Newsweek” hozircha bu daʼvolarni mustaqil ravishda tasdiqlay olmaganini va Rossiya Mudofaa vazirligidan izoh ololmaganini bildirdi.
Avvalroq, Rossiya yangi xavfli dronlarini jangga chiqargani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring