Uy sharoitida tahsil olayotgan oʻquvchilarga kompyuter jamlanmasi sovgʻa qilindi

17:30 01 Iyun 2023 Jamiyat
149 0

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan viloyatining olis va chekka hududlarida uy taʼlimida tahsil olayotgan bolajonlar holidan xabar olinib, ularga turli sovgʻalar taqdim etib kelinmoqda.

Jumladan, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bu boradagi ishlar yanada keng quloch yoydi.

Sana munosbati bilan bir qator bolajonlar, xususan, Angren shahridagi 3-maktabning 7-sinf oʻquvchisi Muhayyo Mardonova, shuningdek, 18-maktabning 9-sinf oʻquvchisi Miraziz Mahmudov, Ohangaron tumanilik Shahina Abdumanappova hamda Xurshodbek Qoʻshdavlatov holidan xabar olindi.

Eʼtiborlisi, ularning koʻnglini koʻtarish, qoʻllab-quvvatlash maqsadida Fond tomonidan kompyuter jamlanmasi sovgʻa tariqasida topshirildi.

Shodiyor Mutaharov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?