Uchtepada 32 turdagi 4,6 ming quti noqonuniy tamaki Departament qoʻliga tushdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni ushladi. Bu haqda Departamentning xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi, DXX va bojxona xodimlari hamkorligida Olmazor tumani, Farobiy koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu holat oshkor boʻlgan.
Qayd etilishicha, fuqarolar T.O. va M.M. oʻzaro til biriktirib, fuqaro T.O.ning xonadonida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan. Ulardan 32 turdagi 132,3 million soʻmlik jami 4,6 ming quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring