Uch nafar shaxmatchimiz jahon chempionligini qoʻlga kiritdi
Serbiyada oʻtkazilayotgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida jahon chempionati “FIDE World School Chess Championships 2025” oʻz yakuniga yetdi. Bu haqida “OʻzA” xabar berdi.
Taʼkidlash joizki, ushbu dunyo birinchiligida oʻzbekistonlik yosh shaxmatchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Jumladan, Sarvinoz Begmuratova 13 yoshgacha qizlar oʻrtasida 9 imkoniyatdan 7,5 ochko toʻplab, biror magʻlubiyatsiz chempionlikni qoʻlga kiritdi. Begmuratova ushbu muvaffaqiyati bilan FIDE Women FIDE Master unvonini olish imkoniyatiga ham ega boʻldi.

Shuningdek, Nilufarxon Imomqoʻziyeva 15 yoshgacha qizlar oʻrtasidagi bahslarda 7 ochko jamgʻarib, musobaqa shohsupasidan joy oldi. Imomqoʻziyeva Serbiya, Ruminiya, Hindiston, Kuba hamda Gruziyaning kuchli shaxmatchilari bilan bahsda ustun kelib, xalqaro reytingini 60 punktga oshirib olgan.

Bundan tashqari, Nurmuhammad Neʼmatillaxonov 9 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahslarda 7,5 ochko jamgʻarib, birinchilikni qoʻlga kiritdi.
Ushbu yosh toifasidagi qizlar bahsida Madinabonu Asadova uchinchi oʻrinni egallagan boʻsa, 7 yoshgacha qizlar oʻrtasida Mohinur Aʼzamxoʻjayeva kumush medal bilan taqdirlangandi. 17 yosh toifasida Xondamir Elmirzayev esa shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.

“FIDE World School Chess Championships 2025” musobaqasi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan Qozogʻiston vakillaridan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring