Uch hududda “uddaburon” fuqarolar qariyb 900 million soʻmlik energiya resurslarini talon-taroj qildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tumani boʻlimi hamda “Yuqorichirchiqtumangaz” GTB xodimlari hamkorligida oʻrganish oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, “Nurli-zamin” MFY hududida oʻtkazilgan oʻrganish davomida fuqaro D.F. va boshqalar ushbu hududdagi binoda tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha tegishli shartnoma tuzmasdan umumiy isteʼmoldagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 350,8 million soʻmlik tabiiy gazdan tijorat maqsadida foydalanganliklari fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Mingbuloq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “I.L.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 238,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari maʼlum boʻlgan.
Bundan tashqari, departamentning Pastdargʻom tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari “Chandir” MFY hududidagi artezian qudugʻini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 262,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring