Uch hududda bolalarni kaltaklab, noqonuniy diniy taʼlim berib kelganlar qoʻlga olindi

12:48 19 Iyun 2025 Jamiyat
359 0

Andijon, Xorazm va Namangan viloyatlarida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy hujralarda diniy taʼlim berib, jarohatlar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Andijon viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi yiringli xirurgiya boʻlimi navbatchi boʻlimi shifokori IIBga murojaat qilib, qabuliga kelgan voyaga yetmagan shaxsning tanasi va bosh qismida shilingan va yiringli jarohatlar borligini aytgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlarida davomida aniqlanishicha, 40 yoshli ayol Asaka tumanidagi xonadonda 6 oy davomida asli Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida yashovchi voyaga yetmagan bolaga noqonuniy ravishda diniy saboq berib kelgan. U darslari davomida muttasil davomida bolaning boshi va tanasining turli qismlariga yogʻoch, quvvatlovchi qurilma kabeli va boshqa jismlar bilan urib, doʻpposlagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” (Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qiynash) bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Boshqa bir holatda Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi ayol va uning qizi hech qanday diniy maʼlumotga ega boʻlmasdan turib, xonadonda hujra tashkil qilgan va voyaga yetmagan 16 nafar bolaga noqonuniy diniy taʼlim berib kelgan. Ular har bir bola uchun 1 mln soʻmdan pul olib, darslarni oʻzlashtira olmagan bolalarni muntazam ravishda kaltaklagan.

Ushbu shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Voyaga yetmagan 8 nafar bolaning ota-onalariga 47-modda bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, yana bir holatda Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi 68 yoshli fuqaro uyida hech qanday diniy maʼlumotga ega boʻlmasdan turib, 8 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy taʼlim berib kelgan.

U Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi (Diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) bilan javobgarlikka tortildi. Noqonuniy diniy taʼlim olayotgan voyaga yetmaganlarning ota-onalariga esa 47-modda (Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan chora koʻrilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер