“Ucell” kompaniyasi jarimaga tortildi
Raqobat qoʻmitasi reklama qonunchiligini buzgani uchun “Coscom” (“Ucell”) MCHJni jarimaga tortdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar qilgan.
Reklama qonunchiligiga rioya qilish yuzasidan olib borilayotgan monitoring jarayonlarida “Ucell” mobil aloqa operatori tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalar boʻrttirib yuborilganligi aniqlandi.
Qoʻmita maxsus komissiyasi kompaniyaga “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatdi va moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qildi.
Shuningdek, qonunbuzarlik holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan operatorga koʻrsatma berildi. Maxsus komissiyaning bu qaroridan norozi boʻlgan tomon qoʻmitaning Apellyatsiya kengashi yoki sudga murojaat qilishi mumkinligi taʼkidlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring