“Tush koʻradigan itlar, suyuq batareyalar va qarishga qarshi kurash”: Ilm-fan 30 kun ichida qanday yutuqlarga erishdi

01:51 01 Iyul 2024 Ilm-fan
539 0

Foto: Illustrativ foto

Atigi 30 kun ichida ilm-fan katta yutuqlarga erishdi. Tadqiqotchilar itlar odamlar kabi jonli tush koʻrishini tasdiqlashdan tortib, Stenford tomonidan qayta tiklanadigan energiyani samarali saqlashga qodir boʻlgan suyuq akkumulyatorlarning ilk koʻrinishlarini yaratilishigacha boʻlgan hayratlanarli kashfiyotlarni qilishdi. Quyida ortda qolayotgan oyidagi muhim ilm-fan yangiliklarini koʻrib chiqamiz.

Tadqiqot: Itlar tush koʻradimi?

Itlar uyqu paytida odamlarga oʻxshash tushlarni koʻrishlari mumkin. Buni oʻtkazilgan tadqiqotlar tasdiqlamoqda. “Itlar oʻz tushlarida egalari bilan oʻynash, begonalarni quvish yoki boshqa jonzotlar bilan muloqot qilish kabi kundalik faoliyatlarini koʻrishadi”, deydi tadqiqot oʻtkazgan olimlar. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, itlar ham xuddi insonlar singari uyqusining soʻnggi qismida tush koʻrishadi. Bundan tashqari, tushlar sababli ular turli xil ovozlar chiqarishi yoki alahsirashlari ham mumkin.

Batafsil oʻqing.

Suyuq batareyalar endi haqiqatga aylanadi

Stenford olimlari suyuq yoqilgʻi yordamida elektr energiyani saqlashning yangi usulini yaratdilar. Bu elektr tarmogʻi uchun quvvatni saqlashga yordam beradi. Tadqiqotchilar energiyani yanada samarali saqlash va chiqarish uchun izopropanol ishlab chiqarish tizimini ishlab chiqdilar. Amerika kimyo jamiyati jurnalida chop etilgan ilmiy izlanish sohadagi eng muhim topilmalardan biridir. Chunki quyosh va shamol kabi qayta tiklanadigan energiya manbalari bir-biriga mos kelmasligi bizga energiyani saqlashning ishonchli usullari kerakligini anglatardi. Aksariyat batareyalar, masalan, telefonlar va elektromobillar, litiy-ion texnologiyasidan foydalanadi. Ammo tarmoq uchun katta miqdordagi energiyani saqlash koʻproq imkoniyatlarni talab qiladi. LOHCs, izopropanol kabi, “suyuq batareyalar” sifatida ishlashi mumkin, kerak boʻlganda energiyani saqlaydi va chiqaradi.

Batafsil oʻqing.

Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yogʻ toʻplanishi boʻlishi mumkin

Stenford universitetidagi nevrologlar, oʻzak hujayralari boʻyicha olimlar va molekulyar biologlar guruhi Alsgeymer kasalligining asosiy sababi miya hujayralarida yogʻ toʻplanishi boʻlishi mumkinligi haqidagi dalillarni topdi. Bundan avvalgi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, Alsgeymer kasalligi asab hujayralari orasida oʻsadigan blyashkalarda beta-amiloidning toʻplanishi natijasida yuzaga keladi. Boshqa bir tadqiqotda esa miya hujayralarida toʻplanishi mumkin boʻlgan tau oqsili aniqlangandi.

Batafsil oʻqing.

Depressiya sabab doʻstidan judo boʻlgan olim bu kasallikni samarali davolash usulini kashf qildi

“Stanford Medicine” tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda miya tasviri yordamida depressiyaning olti xil turi aniqlandi. Ushbu kichik tiplar miya faoliyatining noyob naqshlarini namoyish etadi. Bu esa qanday davolash yoʻllari qaysi turdagi depressiyani samarali davolashga yordam berishiga aniqlik kiritishda muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Ushbu tadqiqot natijalari “Nature Medicine” jurnalida chop etildi. Birinchi kichik tip miyaning kognitiv hududlarida haddan tashqari faollik bilan tavsiflanadi. Ushbu turdagi depressiya bilan ogʻrigan bemorlar odatda “Effexor” deb nomlanuvchi antidepressant venlafaksinga eng yaxshi javob berishdi. Bu muammolarni hal qilish va qaror qabul qilish bilan bogʻliq sohalarga taʼsir qiladi.

Batafsil oʻqing.

Saraton, jigar, buyrak yetishmovchiligi… Plastik idishlar qanchalik xavfli?

Quyosh nuri taʼsirida plastik suv idishlaridan zararli uchuvchi organik birikmalarning (VOC) ajralib chiqishi maʼlum boʻldi. Bu koʻplab kasalliklarga sabab boʻlishi mumkin. Mazkur tadqiqot natijalari haqida “Eco-Environment & Health” ilmiy jurnalida maqola chop etilgan. Jinan universiteti qoshidagi Guangdong asosiy atrof-muhit ifloslanishi va salomatlik laboratoriyasi tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni koʻrsatdiki, quyosh nuri plastik idishlardan VOClarning ajralib chiqishiga sabab boʻladi.

Batafsil oʻqing.

Jiddiy ogohlantirish: qarishga qarshi kurash hayotingizga qarshi kurash boʻlishi mumkin

Birmingem universiteti professori Joao Pedro de Magalyayns boshchiligidagi tadqiqot guruhi “qarigan hujayra”lar ham sogʻliq uchun foydali rollarga ega ekanligini aniqladilar. Mazkur ilmiy izlanish “Science” jurnalida chop etilgan. Maʼlum boʻlishicha, ushbu hujayralar toʻqimalarning rivojlanishi, yalligʻlanish, yaralarni davolash va oʻsmalarni oʻsishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Professor eskirgan hujayralarning salomatlik va kasallikni davolashdagi tabiiy rolini shu paytgacha past baholanganini alohida taʼkidlamoqda.

Batafsil oʻqing.

Miya saratonini davolashning imkoni bormi?

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari halokatli miya saratonini davolash uchun istiqbolli yangi vaksinani yaratdi. Ushbu emlash insonning oʻz oq qon hujayralaridan immunitet tizimini “malignant glioma”larga qarshi faollashtirish uchun foydalanadi. Aytish kerakki, “malignant glioma”lar tajovuzkor va davolash qiyin boʻlgan miya shishi boʻlib, tez oʻsadi va miya sohasidagi toʻqimalarga zarar yetkazadi. Bu xalq tilida ogʻir holatdagi miya saratoni tashxisi bilan ifodalanadi.

Batafsil oʻqing.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер