Turkmaniston Prezidenti Oʻzbekistonga keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kutib oldi.
Maʼlumot uchun, tashrif doirasidagi muzokaralar kun tartibiga Oʻzbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, koʻp qirrali hamkorlikni, birinchi navbatda, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika, madaniy va gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari kiritilgan.
Tashrif doirasida davlat rahbarlari “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasining ochilish marosimida ishtirok etishadi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari xalqaro hamda mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Sammit yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilinishi va ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolanishi rejalashtirilgan.
Turkmaniston Prezidenti, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring