Turkmaniston Milliy xavfsizlik rahbari ham oʻzgardi

10:23 16 Fevral 2026 Dunyo
502 0

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuxamedov Milliy xavfsizlik vaziri general-mayor Nazar Atagarayevni boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod qildi. Bu qaror Davlat xavfsizlik kengashi yigʻilishida qabul qilingani haqida TDH axborot agentligi xabar berdi.

Milliy xavfsizlik vazirligining yangi rahbari etib general-mayor Dovletgeldi Meredov tayinlangan. Maʼlum qilinishicha, u xalq, vatani va prezidentiga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod keltirgan.

Berdimuxamedov yangi tayinlangan vazirga ishida muvaffaqiyat tilab, vazirlik faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish yuzasidan qator topshiriqlar bergan.

Sobiq vazir Nazar Atagarayevning yangi lavozimi haqida maʼlumot berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 10-fevral kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning farmoni bilan Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyevning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер