Turkmaniston yetakchisi Oʻzbekiston Prezidentini tugʻilgan kuni bilan samimiy tabrikladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, qardosh Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va boshqa sohalarda amaliy hamkorlik izchil kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring