Turkiyaga shartli kirish tartibi bekor qilindi
Turkiya Respublikasi Migratsiya boshqarmasi tomonidan 2025-yil fevral oyidan boshlab mamlakatga shartli kirish (şartlı giriş) tartibi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yil fevral oyining boshidan shu kunga qadar 150 dan ortiq xorijiy fuqarolar aeroportlarda ushbu yangi qoidalar haqida oldindan xabardor bo‘lmagani sababli muammolarga duch kelgan.
Bunga qadar Turkiyada qonuniy qolish muddatini oshirgan yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olish bo‘yicha rad javobi olgan xorijiy fuqarolar mamlakatga shartli kirish (şartlı giriş) orqali qaytib kelishlari va 10 kun ichida yangi ariza topshirishlari mumkin edi. Endi bu imkoniyat to‘liq bekor qilindi.
Shu munosabat bilan mamlakatdan o‘z vaqtida chiqib ketmagan yoki yashash guvohnomasi olishda rad etilgan fuqarolar darhol Turkiyaga qaytolmaydi. Yangi qoidalarga muvofiq, fuqarolikka qarab Turkiyaga kirish taqiqi 3 oydan 6 oygacha bo‘lishi mumkin.
“Turkiyaga safar qilishdan oldin mazkur davlat migratsiya qoidalari bilan tanishing. Hujjatlaringizda muammo yo‘qligiga ishonch hosil qiling”, deya vatandoshlarni ogohlikka chaqirgan Bosh konsulxona.
“Agar qonuniy qolish muddati tugagan bo‘lsa yoki yashash guvohnomasi (ikamet izni) olishda rad etilgan bo‘lsa, ushbu mamlakat qonunini hurmat qilgan holda tark etishni so‘radi. Chunki bu turdagi qoidabuzarliklar Turkiyaga qaytish imkoniyatining cheklab qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring