Turkiyaga ketayotgan oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi aviaqatnovlar davomida fuqarolarni aeroportda boshqa odamlarning yuklarini olmaslikka chaqirdi.
Taʼkidlashicha, aviaqatnovlar davomida ayrim shaxslar aeroportlarda oʻz yuklarini Oʻzbekistonga yetkazib berishni iltimos qilishi mumkin. Ular turli bahonalar bilan fuqarolarni (masalan, ogʻir kasal qarindoshi borligi yoki yukni joʻnatish imkoniyati yoʻqligi) ishontirishga harakat qiladi.
“Biroq bunday vaʼdalarga ishonmang va begona yukni hech qanday holatda qabul qilmang”, deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, oʻtgan yillarda bir necha Oʻzbekiston fuqarolari aynan shunday vaziyatlarga tushib qolgan va noqonuniy yuklarni, jumladan narkotik moddalar va soxta hujjatlarni bilmasdan olib oʻtgani uchun hibsga olingan.
Jumladan, 2023-yilda: Istanbul aeroportida 27 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi nomaʼlum shaxsning iltimosiga binoan yukni olib oʻtishga rozi boʻlgan. Biroq chegarada tekshiruv vaqtida yuk ichidan katta miqdorda narkotik moddalar topilgan. Oqibatda u 10-yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
2022-yil: Antaliya shahridan Toshkentga qaytayotgan yana bir fuqaro oʻziga notanish kishining yukini olib oʻtishga rozi boʻlgan. Yuk tarkibida soxta pasport va noqonuniy hujjatlar borligi aniqlanib, fuqaro bir necha yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
“Begona odamlarning yukini hech qanday holatda qabul qilmang. Sizning ehtiyotsizligingiz yoki begonalarga boʻlgan ishonchingiz ogʻir jinoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shubhali iltimoslarga aldanmang va oʻz xavfsizligingizni himoya qiling”, deyiladi konsulxona xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring