Turkiyada yuz bergan qanday oqibatlarga olib keldi?
Illyustrativ foto
23-aprel kuni Istanbulda 6.2 magnitudali zilzila yuz berdi. Silkinishlar mahalliy vaqt bilan 12:49 da sodir boʻlgan va ayrim talafotlar qayd etilgan. Bu haqda “Euronews” xabar qildi.
Zilzilaning epitsentri Marmara dengizida, Istanbuldan 40 km janubi-gʻarbda joylashgan boʻlib, silkinish boshqa viloyatlarda ham sezilgan. Bir nechta kuchsiz takroriy zilzilalar ham qayd etildi. Ularda 150 dan ortiq odam jabrlangani aytilmoqda.
“Soat 15:12 holatiga koʻra 51 ta aftershok qayd etilgan, ulardan eng kuchlisi 5,9 magnitudali boʻldi”, deya yozadi Turkiya ichki ishlar vaziri “X” ijtimoiy tarmogʻida.

Rasmiylarga koʻra, jiddiy talafotlar aniqlanmagan. Aholi ochiq joylarga chiqib, binolardan uzoqlashishga chaqirildi. Prezident Erdoʻgʻan yurt va xalqqa tinchlik tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring