Turkiya Qora dengizda nazoratdan chiqib ketgan dronni urib tushirdi
Turkiya harbiylari Qora dengiz ustida nazoratdan chiqib ketgan holda harakatlanayotgan dronni urib tushirdi. Bu haqida BILD maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, Turkiya mudofaa vazirligi shu yilning 15dekabr kuni Qora dengizdan oʻz havo hududiga yaqinlashayotgan dronni urib tushirganini eʼlon qilgan.
“F-16 qiruvchi samolyotlari uchuvchisiz uchish apparatini aholi punktlaridan uzoqda, nazorat ostidagi hududda zararsizlantirdi”, — deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida.
Mazkur droning qayerdan kelgani, nima maqsadda harakatlangani toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.
Ushbu holat Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdoʻgʻonning Qora dengiz Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi qarama-qarshilik zonasiga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirganidan soʻng sodir boʻldi.
Maʼlumot uchun, soʻnggi haftalarda Ukraina dronlari Qora dengizdagi Rossiya kemalariga bir necha marta dronlar hujumini amalga oshirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring