Turkiya hukumati namoyishchilarni qanday bostiradi?
Arxiv foto
Turkiyaning Istanbul shahri hokimi Akrom Imomoʻgʻli hibsga olinganidan beri butun mamlakat boʻylab 1133 kishi qoʻlga olingan, 123 nafar politsiyachi toʻqnashuvlarda jarohat oldi.
Germaniyaning “Bild” nashri Bundestag deputati, Germaniya — Turkiya jamiyati prezidenti Majid Qoraahmadoʻgʻli hamda Turkiyaning Essen tadqiqot va integratsiya markazi eksperti Yunus Ulusoy bilan Turkiyada shu kunlarda yuz berayotgan voqealar rivojini muhokama qildi.
Qaraahmadoʻgʻlining aytishicha, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan odamlar namoyishlardan charchashiga umid qilmoqda, lekin buning aksi boʻlishi mumkin. Chunki muxolifat partiyasi katta bosim oʻtkazmoqda.
Yunus Ulusoyning fikricha, norozilik namoyishlari kundalik siyosiy hayotga yana yoʻl ochishi mumkin. Shunga qaramay, hokim hibsga olinishi muxolifat va butun turk siyosati uchun siyosiy chegara boʻlib, kurashning natijasi hali aniq emas.
“Hukumat Imomoʻgʻlini ozod qiladimi?” degan savolga Qaraahmadoʻgʻli “Bu amalga oshmaydigan ish“, deya javob berdi. Agar Imomoʻgʻli haqiqatan ham ozod qilinsa, bu Erdogʻan davrining tugashi boʻladi. Ulusoy ham Istanbul hokimi ozod qilinishini kutmaydi.
“Agar Imomoʻgʻli ozodlikka chiqsa, u xalq qahramoniga aylanadi. Demak, Erdogʻan uchun dahshatli raqibga aylanadi”, — deydi Ulusoy.
Erdogʻan noroziliklarni kuch bilan bostiradimi?
Bu katta ehtimol bilan amalga oshadigan ssenariydir. Agar namoyishlar toʻxtamasa, Turkiyaning amaldagi rahbari ularni tarqatib yuborishi mumkin. Buning uchun unga bahona kerak boʻladi. Qoraahmadoʻgʻli allaqachon kuchni bostirishga tayyorgarlik belgilari borligini aytdi. Rasmiylar namoyishchilar safiga kiritilgan “provokatorlar” deb nomlangan agentlardan foydalanib, ularni huquqbuzarliklarga undash uchun foydalanayotganiga ishonish uchun asos bor. Bu Erdogʻanga noroziliklarni kuch bilan bostirish uchun bahona beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring