Turkiya chempionatida yozgi transferlar oynasi yopilishiga 10 kun qoldi

18:47 03 Sentyabr 2025 Sport
1162 0

Turkiya Superligasida yozgi transferlar oynasi yopilishiga 10 kun vaqt qoldi. Turk klublari yozdagi transferlari uchun 500 million yevro­dan ortiq mablagʻ sarfladilar.

Hozirgacha ushbu mamlakat klublari qaysi futbolchilar bilan shartnoma imzolaganliklari bilan tanishib chiqamiz.

“Galatasaroy”

Viktor Osimxen — “Napoli” klubidan 75 million yevro evaziga xarid qilindi;

Vilfrid Singo — “Monako” jamoasidan 31 million yevroga olib kelindi;

Ismoil Yakobs — “Monako” klubidan 8 million yevroga sotib olindi;

Pshemыslav Frankovskiy — “Lans” jamoasidan 7 million yevroga xarid qilindi;

Leroy Sane — “Bavariya” klubidan erkin agent sifatida kelib qoʻshildi;

Ilkay Gyundogan — “Manchester Siti” jamoasidan erkin agent sifatida kelib qoʻshilgan.

“Fenerbaxche”

Dorgelyes Nene — “Zalsburg” klubidan 18 million yevroga sotib olindi;

Sofyan Amrabat — “Fiorentina” jamoasidan 12 million yevroga xarid qilindi;

Ederson — “Manchester Siti” klubidan 11 million yevroga sotib olindi;

Marko Asensio — PSJ jamoasidan 7,5 million yevro evaziga koʻchib oʻtdi;

Milan Shkriniar — PSJ klubidan 6 million yevroga transfer qilindi;

Edson Alvares — “Vest Hem” jamoasidan ijaraga olindi;

Jon Duran — “Al-Nasr” klubidan ijaraga olindi;

Nelson Semedu — “Vulverxempton” jamoasidan ijaraga olindi.

“Beshiktosh”

Vilfred Ndidi — “Lester Siti” jamoasidan 8 million yevroga transfer qilindi;

Vaslav Chernыy — “Volfsburg” klubidan 6 million yevroga sotib olindi;

Taylan Bulut — “Shalke” jamoasidan 6 million yevroga xarid qilindi;

Tiago Djalo — “Yuventus” jamoasidan 3,5 million yevroga sotib olindi;

Tammi Abraxam — “Roma” jamoasidan ijaraga olindi;

El Bilol Ture — “Atalanta” klubidan ijaraga olindi.

“Bashakshehir”

Abbosbek Fayzullayev — SSKA jamoasidan 7,5 million yevro evaziga transfer qilindi;

Eldor Shomurodov — “Roma” klubidan ijaraga olindi;

Davi Zelke — “Gamburg” jamoasidan erkin agent sifatida kelib qoʻshildi.

“Trabzonspor”

Kazim Olaigbe — “Renn” klubidan 5 million yevroga sotib olindi.

“Antalyaspor”

Tomash Svansara — “Borussiya Myonxengladbax” jamoasidan ijaraga olindi;

Lautaro Jannetti — “Udineze” jamoasidan erkin agent sifatida kelib qoʻshildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер