Turizm vazirligi xorijiy turistlarga koʻmaklashuvchi saytlar, mobil ilovalar yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilib, eng yaxshilariga grant ajratadi

Foto: president.uz
Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Turizm vazirligiga xorijiy turistlarga koʻmaklashuvchi saytlar, mobil ilovalar yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilib, eng yaxshilariga grant ajratish topshirildi.
186 ta xalqaro va mahalliy festivallar tashkil etish orqali joriy yilda kamida qoʻshimcha 1 million xorijiy va 5 million nafar ichki turistlarni jalb qilish mumkin.
Shu bois, Turizm vazirligiga:
— Namanganda - Xalqaro gullar;
— Fargʻonada - Turkiy xalqlar yoshlari;
— Surxondaryoda - “Boysun bahori”;
— Xorazmda - Lazgi;
— Qoraqalpogʻistonda - “Stixiya” elektron musiqa;
— Toshkent shahrida - «Gastro Bazar» va Toshkent xalqaro kino festivallarini yuqori saviyada tashkil etish topshirildi.
Madaniyat vazirligiga:
— iyunda Toshkent shahrida qoʻgʻirchoq teatri, Gulistonda milliy cholgʻu festivali, Toshkent viloyatida xalqaro etnofestival;
— may-iyunda Andijon va Sirdaryoda Botir Zokirov milliy estrada simfonik orkestri, Toshkent viloyati va Qoraqalpogʻistonda Akademik xalq cholgʻulari orkestri, Namangan va Fargʻonada “Navroʻz” ashula va raqs ansambllari konsertlarini tashkil etish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring