Turizm klasterida milliy xalq oʻyinlari xalqaro festivali boʻlib oʻtdi

15:40 28 Noyabr 2023 Jamiyat
381 0

Foto: Xalq soʻzi

Buxoroda xalqaro ziyorat turizmi haftaligi davom etmoqda. Haftalik doirasidagi tadbirlarda turli davlatlardan yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlar, diniy ilmlar yoʻnalishida izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Romitan tumanidagi “Bukhara Desert Oasis & Spa” turizm klasterida esa shu haftalikning mantiqiy davomi sifatida sayyohlik ravnaqiga xizmat qilishi koʻzda tutilgan “Nomad games” milliy xalq oʻyinlari xalqaro festivali boʻlib oʻtdi. Anjuman ishtirokchilari boʻlgan xorijiy sayyohlar, shuningdek, koʻpkari ishqibozlari yurtimiz chavandozlarining mahoratlaridan bahramand boʻldilar. Milliy kurash, arqon tortish bahslari ham hayajonli lahzalarga boyligi bilan toʻplanganlarda iliq taassurot qoldirdi. Anjuman doirasida tashkil etilgan hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi, milliy kuy–qoʻshiqlar hamda taomlar festivallari, etnik kiyim–kechaklar namoyishi ham mehmonlarni befarq qoldirmadi.

Aytish joiz, “Bukhara Desert Oasis & Spa” innovatsion turistik klaster sanaladi. 8 gektar yerda joylashgan bu maskanda turizmning barcha yoʻnalishlari qamrab olingan. U yiliga 20 ming nafardan ziyod xorijiy va 270 ming mahalliy sayyohga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?