Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmalari tomonidan 3 ming donaga yaqin pirotexnik vositalar aniqlab olindi

Foto: IIV Axborot xizmati
Joriy yilning 2-dekabr kuni Buxoro viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boʻlimi xodimlari tomonidan Buxoro temir yoʻl vokzali hududida oʻtkazilgan “Pirotexnika” tezkor profilaktik tadbirlari davomida, 2008-y.t. voyaga yetmagan, maktab oʻquvchisi, Kogon shahar Baxt koʻchasida yashovchi X.Sh.ning yonida 5 blokda 50 qutida jami 2.750 dona Qirgʻiziston Respublikasida ishlab chiqarilgan «Treniya» yozuvli pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
X.Sh. ushbu pirotexnika vositalarini shu kuni Kogon shahar markaziy bozoridan oʻziga notanish boʻlgan erkak kishidan jami 700.000 soʻmga sotib olganligini bildirgan.
Holat yuzasidan X.Sh.ning ota-onasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 185 prim 3-moddasi bilan jarimaga tortildi.
4-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Tezkor qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan shaxsini sir saqlashni soʻragan fuqaroning arizasiga asosan Toshkent shahar, Yashnobod tumanida joylashgan «Kadisheva» bozori yaqinida olib borilgan tezkor tadbir davomida, 1986-y.t. Toshkent shahar, Yashnobod tumanida yashovchi J.J. tezkor tadbir ishtirokchisiga 40 dona «Volk» nomli salyut, 8 dona «9D” nomli salyut, 43 dona «7SHOTS” nomli salyut hamda 144 dona «Zolotoy pesok» nomli salyut pirotexnika vositalarini jami 24.000.000 soʻm pullar evaziga kelishib sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring