Trampning tahdidi quruq gapdan boshqa narsa emas — Putin
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina masalasida Putin bilan muzokara oʻtkazish taklifini ilgari surmoqda. Agar Putin ushbu taklifni rad qilsa Tramp Rossiyaga iqtisodiy bosimni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda, deb yozadi “The Wall Street Journal” nashri.
Xabarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Trampning bu tahdidini quruq gapdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi.
“Urush mamlakat resurslari va ishchi kuchini quritgan boʻlsada, Kreml sanksiyalarni muvaffaqiyatli yengib chiqdi va Moskva kamida yana bir yillik mojaroga bardosh bera oladi”, — deydi Rossiya prezidenti.
Maʼlum qilinishicha, Rossiyadagi iqtisodiy ahvol urush tufayli pastlab borayotgan boʻlsa ham, frontda ustunlikni egallash, urushni davom ettirish uchun ham iqtisodiy, ham siyosiy resurslar yetarliligicha qolmoqda.
Trampning bu tahdidlari Rossiyaning siyosiy yurishini toʻxtatish uchun kamlik qiladi. “Bosib olingan hududlarni amalda Rossiyaniki deb tan olinishi, NATOning Ukraina bilan aloqalarini toʻxtatish va Ukraina armiyasi sonini sezilarli darajada qisqartirish kabi takliflar Rossiya tomonining urush boʻyicha muzokara oʻtkazishiga sabab boʻlishi mumkin”,—deyiladi xabarda.
Turli manbalarga koʻra, Putin Tramp bilan Moskva talablarini muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazmoqchi, ammo bu uchrashuv Ukraina tomoni ishtirokisiz boʻlib oʻtishi talab qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring