Tramp: Zelenskiy AQSHning tinchlik rejasini maʼqullashiga toʻgʻri keladi

16:19 22 Noyabr 2025 Dunyo
104 0

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga urushni yakunlash boʻyicha AQSH taklif qilgan reja baribir maʼqul boʻlishi kerakligini aytdi. Uning soʻzlarini TASS keltirgan.

“Bizda tinchlikka erishishning yoʻli bor, u bu reja­ni maʼqullashiga toʻgʻri keladi”, — dedi Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat davomida.

Trampdan, agar Zelenskiy reja­ni maʼqullamasa, AQSH Ukrainaga koʻmakni toʻxtatadimi, deb soʻrashdi.

“Ertami-kechmi unga nimanidir qabul qilishga toʻgʻri keladi”, — deya javob berdi Amerika rahbari va Kiyevning tezroq qaror qilishi lozimligini urgʻuladi.

Bundan avval Ukraina Oliy Radasi deputati Aleksey Goncharenko AQSH tomonidan taklif etilgan tinchlik rejasini eʼlon qilgandi. Ushbu reja 28 banddan iborat boʻlib, ular orasida Ukraina NATOga kirmasligi, hujjat imzolangandan 100 kun oʻtib saylov oʻtkazilishi va Qrim, Lugansk hamda Doneskning de-fakto Rossiya tarkibida mustahkamlanishi kabi talablar bor.

Zelenskiy esa Ukraina urushni tugatish boʻyicha AQSH va boshqa hamkorlar bilan ishlashini, konstruktiv yechimlar izlashini hamda Vashingtonning tinchlik rejasidagi talablar oʻrniga muqobil takliflar berishini maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?