Nigeriyada jangarilar 300 dan ortiq bolani oʻgʻirlab ketdi
Nigeriyaning Agvare shahrida jangarilar 300 dan ziyod maktab oʻquvchisi va “Sent-Meri” maktabining 12 nafar oʻqituvchisini oʻgʻirlab ketdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Hujum 21-noyabr kuni sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, maktabdan 215 nafar oʻquvchi va 12 nafar oʻqituvchi olib ketilgani aytilgan edi. Keyinchalik amalga oshirilgan tekshiruv va aniq hisob-kitoblardan soʻng yangilangan raqamlar eʼlon qilindi.
Hozircha hech bir qurolli guruh mazkur hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmagan. Mahalliy hokimiyat organlari garovdagilarni qutqarish boʻyicha operatsiyaga taktik boʻlinmalar va mahalliy ovchilarni jalb etdi.
Nigeriyada qurolli guruhlar bolalarni oʻgʻirlab, ular uchun tovon puli talab qilish yoki majburiy nikohga berish maqsadida bunday hujumlarni tez-tez amalga oshirib turadi.
Eslatib oʻtamiz, 2014-yilda Chibok shahrida jangarilar 270 nafar qizni olib ketgan edi. Oʻtgan yilning martida esa Kurige shahridagi maktabdan 200 dan ortiq bola oʻgʻirlab ketilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring