Tramp Venesuelaga jiddiy talab bilan chiqdi
Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp Venesueladan AQSHdan chiqarib yuborilayotgan barcha fuqarolarni zudlik bilan qabul qilishni talab qildi.
“Biz Venesueladan Venesuela “rahbariyati” tomonidan majburan Amerika Qoʻshma Shtatlariga oʻtkazilgan barcha mahbuslar va odamlarni zudlik bilan qaytarib olishini istaymiz”, — dedi Tramp.
Oq uy rahbari agar Karakas Vashington talablarini bajarmasa, Venesuela “hisoblab boʻlmaydigan badal” toʻlashini qoʻshimcha qildi.
“Bugun biz Karib dengizida Venesuelaga qarshi urush tahdidiga duch kelyapmiz, AQSH tabiiy boyliklarimizni tortib olishga va qoʻgʻirchoq hukumat oʻrnatishga urinmoqda”, — deydi Maduro.
Uning soʻzlariga koʻra, bu tahdidni zararsizlantirish va yengish uchun Venesueladagi “barcha kelishmovchiliklarni tugatib” birlashtirish zarur.
Shu yilning 2-sentyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH harbiy-dengiz kuchlarining xalqaro suvlarda oʻtkazgan operatsiyasi natijasida Venesuela narkokartelining oʻn bir aʼzosi yoʻq qilinganini maʼlum qildi. Bunga javoban Maduro oʻz mamlakati soʻnggi asrdagi AQSH bosqinining eng jiddiy tahdidiga duch kelganini aytdi va yigirma besh ming askarni safarbar qilishni buyurdi.
Shu munosabat bilan Venesuela prezidenti va Milliy bolivar qurolli kuchlari oliy qoʻmondoni Nikolas Maduro mamlakatni himoya qilish rejasini faollashtirdi.
U mamlakatni har tomonlama mudofaa qilish boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish boshlanganini, bunda qurolli kuchlar va xalq militsiyasi ishtirok etayotganini maʼlum qildi. Maduroning taʼkidlashicha, “kommunalar uyushtirilgan va har qanday nostandart vaziyatlarda barcha yoʻnalishdagi vazifalarni bajarishga tayyor”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring