Tramp va Harris Gʻazodagi urush haqida gapirdi

17:01 11 Sentyabr 2024 Dunyo
208 0

AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris va Oq uyning sobiq rahbari Donald Tramp prezidentlik saylovi oldidan muzokara oʻtkazishdi. Tahlilchilar ularning nutqiga eʼtibor qaratar ekan, xususan, Gʻazodagi urush yakuni boʻyicha muhim munozaralarni kuzatmagan. Mojaroni tugatish, tinchlik oʻrnatish haqida amalda hech narsa gapirilmagan. Ekspertlar fikricha, ikki nomzodning ham Isroil—Falastin nizosiga nisbatan qarashlari yoʻq. Bu gʻazoliklarga katta umidsizlik olib kelishi mumkin.

“Harris tinchlik jarayoniga yangi energiya berib, uni tiriltirishi mumkin edi, lekin u bunday qilmadi”, — degan ular.

Shuningdek, munozara davomida Harris AQSH boshchiligidagi toʻxtab qolgan sulhga eʼtibor qaratgan. Lekin u Isroilning Gʻazodagi xunrezliklari haqida gapirishdan qochgan. Trampning aytishicha, agar Harris prezident boʻlsa, Isroil 2-yildan keyin yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Sobiq prezident Harrisning Isroildan nafratlanishi taʼkidlagan vitse-prezident esa buni rad etib, yahudiy davlatining umrbod qoʻllovchisi ekanligini maʼlum qildi.

“Isroil oʻzini himoya qilish huquqiga ega. Toʻgʻri, koʻp begunoh falastinlik ona va bolalar oʻldirilgan. Biz bilamizki, bu urush tugashi kerak. Eron va uning ishonchli vakillarining Isroilga tahdidi tufayli men har doim Isroil oʻzini himoya qilish tarafdoriman”, — degan.

Shuningdek, Tramp prezident boʻlganida Gʻazodagi urush boʻlmasligini daʼvo qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер