Tramp Si Szinpinning AQSHga tashrifi haqida maʼlum qildi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Szinpin 2026-yil oxirida Vashingtonga tashrif buyurishi haqida maʼlum qildi. U bu haqda NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
“Men aprel oyida [Xitoyda] boʻlaman, keyin esa u [Si Szinpin] yil oxiriga qadar Oq uyda boʻladi”, — dedi AQSH yetakchisi. Tramp shuningdek, Xitoy yetakchisi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishini taʼkidladi.
Avvalroq, Tramp va Szinpin telefon orqali suhbatlashgan edi. Muloqot davomida yetakchilar keng koʻlamli masalalarni, jumladan, savdo, uning aprel oyida Xitoyga boʻlajak safari, Tayvan atrofidagi vaziyat, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro va Erondagi hozirgi vaziyat kabi bir qator muhim mavzularni muhokama qilishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring