Tramp rivojlangan davlatlar aholisi ishonchi reytingida Putindan ham ortda qolib, oxirgi oʻrinni egalladi
Jahondagi 13 ta rivojlangan mamlakat aholisi dunyodagi yetakchi davlatlar rahbarlariga qay darajada ishonadi? Yaqinda Vashingtondagi Pew Research Center mustaqili tadqiqot markazi tomonidan shu boʻyicha tadqiqot oʻtkazilib, uning yakunlari eʼlon qilindi. Tuzilgan reytingda AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putindan ham ortda qolib, oxirgi oʻrinni egalladi.
Soʻrovda Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Italiya, Shvetsiya, Fransiya, Daniya, Germaniya va Belgiyadan aholi vakillari qatnashdi. Ulardan AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Xitoy davlatlari rahbarlariga xalqaro siyosat masalasida qay darajada ishonishlari soʻraldi.
GFR kansleri Angela Merkel ushbu roʻyxatda peshqadamga aylandi. Unga respondentlarning 76 foizi ishonar ekan. Ikkinchi oʻrindan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron(64 foiz) joy oldi. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson(48 foiz) uchinchi oʻringa loyiq koʻrildi.
Vladimir Putin 23 foiz bilan toʻrtinchi boʻldi. RF rahbari Italiya va Germaniya fuqarolari orasida mashhur ekanligi aniqlandi. Uni mazkur mamlakatlardan mos ravishda 31 va 37 foiz respondentlar qoʻllab-quvvatlagan. Xitoy yetakchisi Si Szinpin bu borada 19 foiz ovoz toʻplagan boʻlsa, Donald Trampga 16 foizlik natija qayd etib oxirgi pogʻonani egalladi. Oq uy rahbarining siyosatini asosan oʻz vatanidagi oʻnglar partiyalari tarafdorlari boʻlgan yevropaliklar faol yoqlashi maʼlum boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring