Tramp Putindan bir hafta Ukrainaga hujum qilmaslikni soʻradi

16:08 30 Yanvar 2026 Dunyo
441 0

Moskva Ukraina shaharlarida sulh joriy etilganini rasman tasdiqlamagan boʻlsada, kecha kechqurun Kiyevda Rossiya dronlari hujumi qayd etilmagan.

Kecha, 29-yanvar kuni AQSH prezidenti Donald Tramp qattiq sovuq sabab Vladimir Putindan Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlariga hujumlarni bir haftaga toʻxtatishni soʻraganini maʼlum qildi.

Qoʻshma Shtatlar rahbarining taʼkidlashicha, Rossiya rahbari mazkur taklifga rozi boʻlgan.

“Men shaxsan prezident Putindan Kiyev va boshqa shaharlarni bir hafta davomida oʻqqa tutmaslikni soʻradim. U bunga rozi boʻldi”, — degan Tramp Vashingtonda oʻtkazilgan hukumat yigʻilishida.

Moskva tomoni mazkur oʻq otishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi taklifga rozi boʻlgani toʻgʻrisida hech qanday rasmiy maʼlumot eʼlon qilmagan. Shunday boʻlsada, kecha, 30-yanvarga oʻtar kechasi Kiyevda Rossiya dronlari hujumi yoki boshqa portlashlar qayd etilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер