Tramp Oq uyda antixitoychilarni yigʻmoqda. Bu nimani anglatadi?
Amerika Qoʻshma Shtatlarining saylangan prezidenti Donald Tramp oʻzining yangi maʼmuriyatini Xitoyga nisbatan oʻzining shafqatsiz qarashlari bilan tanilgan shaxslar bilan toʻldirmoqda va bu bilan Pekinga milliy xavfsizlikdan tortib savdogacha boʻlgan sohalarda qatʼiy chiziq borligini koʻrsatishga harakat qilyapti.
Seshanba kuni Tramp Milliy razvedkaning sobiq direktori Djon Li Retkliffni Markaziy razvedka boshqarmasiga, “Fox News” boshlovchisi va armiya faxriysi Pit Xegsetni mudofaa vaziriga hamda Florida kongressi aʼzosi Maykl Valsni milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi lavozimiga nomzod qilib koʻrsatdi.
Yangi saylangan prezident Birlashgan Millatlar Tashkiloti elchisi lavozimiga Nyu-York uchun Vakillar palatasida oʻrin egallagan kongressmen Eliz Stefanikni tanladi.
Florida shtatidan senator Marko Rubio esa davlat kotibi lavozimiga saylanishi kutilmoqda. Bularning barchasi Pekinga qarshi oʻzlarining qattiq pozitsiyani himoya qilishlari bilan mashhur.
Tramp maʼmuriyatiga qoʻshilish uchun nomzod sifatida koʻrilayotganlar orasida Germaniyadagi sobiq elchi Richard Grenell, Tennessi shtati senatori Bill Xeygerti va AQSHning sobiq savdo vakili Robert Laytxayzer ham bor.
Seshanba kuni “The Wall Street Journal” ushbu masaladan xabardor odamlarga tayangan holda Tramp Laythayzeni “savdo podshohi”ga aylantirishni reja qilayotgani haqida xabar berdi.
U Trampning savdo urushida muhim rol oʻynadi va uning birinchi hokimiyat muddatida Xitoy tovarlariga 380 milliard dollarlik tariflarni ishlab chiqishda yordam berdi.
Agar Tramp saylovoldi kampaniyasida Xitoy tovarlariga 60 foiz va undan ortiq bojlar hamda boshqa barcha importlarga 10-20 foizlik bojlar joriy etish haqidagi vaʼdasini bajarsa, Laytxayzer yana muhim shaxsga aylanishi mumkin.
Tramp taklif qilgan tariflar nafaqat Xitoyga taʼsir qiladi, balki butun Osiyoda aks etadi. London Iqtisodiyot va Siyosiy fanlar maktabi tahlilchilari Tramp taklif qilgan tariflar Xitoy yalpi ichki mahsulotining 0,68 foizga qisqarishiga olib kelishini, qoʻshni Hindiston va Indoneziya esa mos ravishda 0,03 foiz va 0,06 foizga kichikroq yoʻqotishlarga duch kelishini taxmin qilishdi.
Shuningdek, Trampning Oq uyga qaytishi Pekin Tayvanni oʻz hududi deb daʼvo qilayotgan pallaning qizgʻin davriga toʻgʻri keldi. AQSH Hind-Tinch okeani qoʻmondonligining sobiq boshligʻi amerikalik admiral Filipp Devidson Xitoy armiyasi 2027-yilgacha orolga bostirib kirish imkoniyatiga ega boʻlishini taxmin qildi, bu davrda Tramp hokimiyatda boʻladi.
Agar Rubio Vashingtonning bosh diplomati sifatida tasdiqlansa, Pekin tomonidan sanksiyalangan birinchi davlat kotibi boʻladi.
Senatning razvedka boʻyicha tanlangan qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va Senatning xalqaro aloqalar qoʻmitasining yuqori martabali aʼzosi sifatida Rubio Xitoy hukumatining qattiq tanqidchisi sifatida tanilgan. U 2020-yilda Shinjon viloyatidagi etnik ozchiliklarga munosabat haqida bildirgan izohlari uchun Xitoydan chetlashtirildi.
AQSHning eng yirik josuslik agentligi rahbari sifatida Trampning milliy razvedka boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan Ratkliff Xitoy tomonidan kutiladigan xavfsizlikka tahdidni birinchi oʻringa qoʻyishi mumkin. Unga koʻra, oʻtmishda Sovet Ittifoqi va terrorizmga qarshi kurash AQSH razvedka idoralarining eʼtiborini tortgan boʻlsa-da hozirgi sharoitda Xitoy kelajakda Amerikaning asosiy milliy xavfsizlik markazi boʻlishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Trampning mudofaa boshligʻi lavozimiga tanlagan nomzodi armiya gvardiyasi faxriysi boʻlib, ammo na isteʼfodagi general na milliy xavfsizlik boʻyicha yuqori darajadagi tajribaga ega sobiq hukumat amaldori. Faqatgina u ommaviy axborot vositalarida Xitoyga nisbatan keskin pozitsiyani bildirgan.
Xegsetning soʻzlariga koʻra, Xitoy oʻzining yarimoʻtkazgich sanoati ustidan nazoratni qoʻlga kiritish uchun Tayvanni egallashni maqsad qilgan, bu esa ilgʻor chiplarning global taʼminotidagi katta ulushini ishlab chiqaradi. Xitoy nafaqat mintaqaviy, balki, global hukmronlik haqida oʻylamoqda shuning uchun ular avvalo AQSHni magʻlub etishi kerak.
Tramp atrofidagilar Tayvanni qurollantirishga va Ukrainadan oʻrnak olishga chaqirmoqda. Ammo Trampning yangi kampaniyasida Mask Xitoy borasida boshqacha fikrlaydi hatto u Tayvan Gonkong singari maʼmuriy hudud sifatida qoʻshib olinishini ham bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring