“Tramp nihoyat biz tomonda” — Yevropa Ittifoqi rahbarlari AQSH yetakchisini oʻz tomonlariga ogʻdirganini maʼlum qildi
Foto: AP
Yevropa yetakchilari AQSH prezidenti Donald Trampni Rossiyani Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha muzokaralarni boshlashga va mamlakatga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga “majbur qilish” kerakligiga ishontirdi. Bu haqda “Politico” nashri oʻz manbalarga tayanib xabar berdi.
“Tramp nihoyat biz tomonda. Endi savol bu ikki yondashuvni qanday birlashtirishda”, — deya Yevropa Ittifoqi diplomatlaridan birining soʻzlaridan iqtibos keltiradi jurnal.
Boshqa bir diplomatga koʻra, Yevropa Vashington bilan Moskvaga qanday “haqiqatda zarba berish” haqida “qizgʻin muhokamalar”ni kutmoqda. Qayd etilishicha, buning uchun Yevroittifoq “bashoratsiz” Oq uyni buni qanday amalga oshirish boʻyicha kelishib olishga koʻndirishi kerak boʻladi.
Shu yilning 3-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni hech qachon istisno qilmaganini aytdi. U uni Moskvaga taklif qildi va sammit uchrashuviga puxta tayyorgarlik koʻrish va ijobiy natijalarga olib kelishi kerakligini taʼkidladi. Biroq, Zelenskiy bu taklifni rad etdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Moskva Rossiya — Ukraina muzokaralari davom etishini kutayotganini va delegatsiyalar rahbarlari bevosita aloqada ekanini aytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring