Tramp maʼmuriyati Isroilga 6 milliard dollarlik qurol sotishni taklif qildi
Tramp maʼmuriyati Kongressga Isroilga qariyb 6 milliard dollarlik qurol sotishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi. Bu haqida “NBC News” nashri xabar berdi.
Mazkur taklif bilan tanish boʻlgan rasmiyning bildirishicha, AQSH Isroilga qiymati 3,8 milliard dollarga teng boʻlgan 30 ta “AH-64 Apache” vertolyotlari hamda Isroil armiyasi uchun qiymati 1,9 milliard dollarga teng boʻlgan 3 ming 200 ta piyoda hujum mashinasi sotishni rejalashtirmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu sotuv ishlari amalga oshgan taqdirda Isroilning hozirgi harbiy zaxiralari deyarli ikki baravar oshadi.
Taʼkidlanishicha, Tramp maʼmuriyati joriy yilda Isroilga 12 milliard dollarga yaqin yirik harbiy yordam koʻrsatishni maʼqullagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring