Zelenskiy Trampdan “Tomagavk” qanotli raketalarini soʻradi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH rahbari Donald Trampdan uzoq masofali “Tomagavk” qanotli raketalarini berishni soʻradi. Uning fikricha, Ukrainada bunday qurol-yarogʻning joylashtirilishi Vladimir Putinni muzokaralar stoliga oʻtirishga majbur qilishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida oʻtgan yopiq uchrashuvda Trampdan masofasi 2400 kmdan oshadigan “Tomagavk” raketalarini Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun berishni soʻragan.
Manbalarning aytishicha, Zelenskiy raketalar Moskvagacha yetib bora olishini taʼkidlab, bu Kremlni tinchlik muzokaralariga majburlashi mumkinligini bildirgan.
Prezidentlar oʻrtasidagi suhbatni manbalar ijobiy deb baholagan, ammo Tramp rozilik bergan-bermagani hali nomaʼlum.
AQSH davlat kotibi Marko Rubio, manbalarga koʻra, Yevropa hamkorlariga Vashingtonning Ukrainaga nisbatan ritorikasidagi oʻzgarishni “juda ijobiy” deb baholash lozimligini aytgan. Shu bilan birga, manbalarning soʻzlariga koʻra, Tramp Putinning urushni tugatishga qaratilgan saʼy-harakatlarini yetarlicha qadrlamayotganidan “juda gʻazabda”.
Axios nashriga bergan intervyusida Zelenskiy AQSHdan yangi uzoq masofali qurol soʻraganini tasdiqladi, ammo turini ochiqlamadi.
The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, Tramp Ukrainaga AQSH quroli bilan Rossiya hududini urishga ruxsat berish imkoniyatini inkor qilmagan. Shu bilan birga, u bu masalada hech qanday qatʼiy majburiyat olmaganini aytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring