Jizzaxda sudya yordamchisi pora olgan paytda qoʻlga olindi

Jizzax viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Doʻstlik tumanlararo sudi sudya yordamchisi pora olgan paytda qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, u xizmat mavqeyidan foydalanib, Mirzachoʻl tumanida yashovchi ayolning ishonchiga kirgan. Xususan, uning turmush oʻrtogʻi bilan ajrim jarayonini tezlashtirib, er-xotin oʻrtasidagi mol-mulkning bir qismini olishida yordam berish evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan.
DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi oʻz xizmat xonasida soʻralgan pulni qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllandi.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring