Shifoxonalarda 182 nafar bola qolmoqda — Nurmat Otabekov Toshkent viloyatidagi holat haqida

11:26 28 Sentyabr 2025 Jamiyat
138 0

Toshkent viloyatidagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning ovqatdan zaharlanishi bilan bogʻliq holatdan keyin hozirgi paytda 182 nafar bola shifoxonalarda davolanishda davom etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan maxsus shtab aʼzosi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

Otabekovning soʻzlariga koʻra, tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan bemorlarning barchasiga oʻtkir gastroenterit tashxisi qoʻyilgan. Mutaxassisning taʼkidlashicha, bu kasallik koʻp hollarda ikki-uch kun davom etadi va toʻgʻri muolaja amalga oshirilsa, bemorlar tezda sogʻayib ketadi.

“Hozirgi paytda shifoxonalarda 182 nafar bolaning davolanishi davom etyapti. Ularning barchasining ahvoli yengillashgan. Avvallari oʻrtacha ogʻirlikda deb baholangan bolalarning holati ham yaxshilangan, birorta ham ogʻir bemorlar yoʻq.

Eng asosiysi, barcha bolalarning davolanish jarayoni davlat nazoratida. Bolalarning sogʻayishi dinamikasi ijobiy tendensiya bilan davom etyapti”, — dedi Nurmat Otabekov.

Maxsus komissiya va shtab aʼzolari bolalar sogʻligi toʻliq nazoratda ekanini, tez orada ularning aksariyati shifoxonalardan chiqarilishi kutilayotganini taʼkidlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер