Shavkat Mirziyoyev sunʼiy intellekt sohasini rivojlantirish boʻyicha rejalarni aytdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun sunʼiy intellekt forumida Prezidentimiz mamlakatimizda raqamli transformatsiyani tezlashtirish, sunʼiy intellektni barcha sohalarga joriy etish va yoshlar uchun yangi texnologik imkoniyatlar yaratishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Erishilgan natijalar:
– sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar yoʻnalishida qariyb 2 milliard dollar toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jalb etildi, IT xizmatlari eksporti hajmi oʻtgan yillarga nisbatan 4,5 karra oʻsib, 1 milliard dollarga yaqinlashdi;
– IT sohasida taʼlim berayotgan oliy taʼlim muassasalari qariyb 3 baravarga oshib, 145 taga, talabalar soni esa 80 ming nafarga yetdi, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq yoshlar bilim va koʻnikmalarini oshirdi;
– mamlakatimizning barcha hududlaridan 20 ming nafar informatika oʻqituvchisi Yangi Oʻzbekiston universitetida AQSHning nufuzli MIT oliygohi bilan hamkorlikda tashkil etilgan intensiv tayyorlov kurslarini oʻtmoqda;
– raqamli diagnostika orqali 50 mingdan ziyod bemorga aniq tashxis qoʻyildi, tibbiy xizmat koʻrsatish vaqti 5-7 barobar qisqardi;
– Qoraqalpogʻistonda oʻtkazilgan mammografik tekshiruvlar tasvirlarining 70 foizi yurtimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan sunʼiy intellekt platformasi orqali tahlil qilinib, ularning 98 foizi shifokorlar tomonidan tasdiqlandi. Tashxis qoʻyish vaqti bir necha kundan 2 soatgacha qisqardi;
– startaplar soni 10 barobar oʻsdi, ularga 300 million dollarlik investitsiyalar jalb qilindi, Saudiya Arabistoni bilan qiymati 3 milliard dollar boʻlgan birinchi yashil maʼlumotlar markazini barpo etish boshlandi.
Davlatimiz rahbari sunʼiy intellekt sohasini rivojlantirish boʻyicha rejalarni aytdi:
– “Nvidia” kompaniyasi bilan superkompyuter klasteri ishga tushiriladi, AQSHning Kremniy vodiysida Milliy transfer ofisi ochiladi, barcha hududlardagi “Kelajak markazlari”da SI boʻyicha maktab dasturi joriy qilinadi;
– maktablar oʻrtasida har yili sunʼiy intellekt yoʻnalishida eng yaxshi startap gʻoyalari boʻyicha tanlov oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Har bir hududda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktabda eng zamonaviy sunʼiy intellekt laboratoriyasi tashkil etiladi;
– Sunʼiy intellekt boʻyicha Prezident tanlovi tashkil etiladi. Har yili 100 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olinib, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropaning ilgʻor texnologik kompaniyalariga stajirovkaga yuboriladi;
– yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yirik tashabbus – “5 million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga start beriladi. 2030-yilga qadar 4,75 million oʻquvchi va talaba, 150 ming oʻqituvchi, 100 ming davlat xizmatchisi oʻqitiladi. Bunda sunʼiy intellekt maktab, kasb taʼlimi va oliy taʼlim tizimlariga ham integratsiya qilinadi;
– har yili noyabr oyi “Yoshlar uchun sunʼiy intellekt oyligi” deb eʼlon qilinadi va doimiy ravishda “Ipak yoʻli sunʼiy intellekt forumi” oʻtkazib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring