Saida Mirziyoyeva kuch tuzilmalari rahbarlariga narkojinoyatlar va giyohvandlikka qarshi kurash boʻyicha jiddiy vazifalar qoʻydi
Prezident administratsiyasida kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yigʻilish oʻtkazildi. Bu haqida Prezidenti Administratsiya rahbari Saida Mirziyoyeva xabar berdi.
Mazkur yigʻilishda giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish qatʼiy va doimiy nazoratni talab qiladigan muhim masala ekani qayd etildi.
Kuch tuzilmalari rahbarlari bilan ishchi yigʻilish doirasida narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarogʻ aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qoʻyildi.
“Jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash davlatning bevosita burchidir. Bu yoʻnalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qatʼiy ravishda chek qoʻyilishi shart”, — Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring