Tramp xorijiy filmlarga 100 foizlik boj joriy qilmoqchi
Illyustrativ foto
AQSH prezidenti Donald Tramp xorijiy filmlarga 100 foizlik boj solishini aytdi. Bu haqda u oʻzining “Truth Social” sahifasida maʼlum qilgan.
U bu bilan Amerika kino sanoatini qutqarib qolmoqchiligini aytgan. Uning fikricha, Gollivud va AQSHning boshqa koʻplab sohalari chet elliklar tufayli inqirozga yuz tutmoqda.
“Boshqa davlatlar turli imtiyozlar taklif qilib, bizning rejissyorlarimiz va kinostudiyalarimizni AQSHdan olib chiqib ketishga urinmoqda. Biz filmlar yana Amerikada ishlab chiqarilishini istaymiz”, degan Tramp.
Siyosatchi AQSH Savdo vazirligi va Savdo vakolatxonasiga barcha xorijiy filmlarga 100 foizlik bojlarni joriy etishni boshlash toʻgʻrisida topshiriq bergan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 2-aprel kuni Tramp 185 davlatga nisbatan bojlar joriy etilishini maʼlum qilgandi. Tariflar 10 foizdan 50 foizgacha boʻlgan va roʻyxatda Oʻzbekiston bor edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring