Tramp Yevropaning ittifoqchisi emas va hech qachon boʻlmaydi — Jozep Borrel
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropaning ittifoqchisi emas va hech qachon boʻlmaydi. Bu fikrlar Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrel, Belgiya sobiq bosh vaziri Gi Verxofshtadt va Yevroparlamentning sobiq deputati Domenek Ruiz Devesaning “Politico” nashriga chop etilgan maqolasida aytib oʻtildi.
“Hozircha Tramp Yevropaning ittifoqchisi emasligi va hech qachon ittifoqchi boʻlmasligi aniq boʻlishi kerak. Uning AQSH Yevropa uchun ulkan geosiyosiy, iqtisodiy va madaniy zarbadir”, — deyiladi maqolada.
Sobiq amaldorlarga koʻra, hozirda Yevropa Ittifoqining zaifligi va parchalanishi tufayli uning AQSH protektorati (lotincha protektor — homiy) kuchsizroq davlat (protektorat) oʻzining davlat tuzilishi va ichki ishlarda mustaqilligini rasman saqlab qolgan holda, aslida boshqa, kuchliroq davlatga boʻysunadigan davlatlararo munosabatlar shakli)ga aylanishi real xavfi bor va Yevropa Ittifoqining xalqaro maydondagi roli allaqachon sezilarli darajada zarar koʻrgan.
Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp 8 – 9-sentyabr kunlari bir qator Yevropa yetakchilari Ukrainadagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal etish masalalarini muhokama qilish uchun AQSHga kelishini maʼlum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring