Tramp: AQSH Bagram aviabazasini qaytarib olish rejasini koʻrib chiqmoqda
AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington Afgʻonistondagi Bagram aviabazasi ustidan nazoratni qaytarib olish uchun harakat qilayotganini maʼlum qildi. Bu haqda u Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan qoʻshma matbuot anjumanida gapirdi.
— Biz Bagramni oʻzimizga qoldirmoqchimiz. Bu dunyodagi eng yirik aviabaza. Uni hech qanday shartlarsiz topshirib qoʻydik. Aytgancha, biz uni qaytarib olishga urinmoqdamiz. Yaxshi eshitilyaptimi? Bu kichikkina sensatsiyaga aylanishi mumkin, — dedi Tramp.
Uning soʻzlariga koʻra, AQSH bazani qaytarib olishga bir necha sababga ega.
— Biz uni qaytarib olishni xohlaymiz, chunki ular bizdan ayrim narsalarni kutyapti. Biroq asosiy sabab shundaki, bu baza Xitoy oʻzining yadro qurolini ishlab chiqaradigan hududdan atigi bir soatlik masofada joylashgan, — dedi Tramp.
Maʼlumot uchun, 2001–2021-yillarda Bagram aerodromi AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Afgʻonistondagi eng yirik bazasi boʻlib xizmat qilgan. 2021-yil iyul boshida amerikaliklar bazani tark etgan, 15-avgust kuni esa u Tolibon nazoratiga oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring