Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi
Foto: Illustrativ foto
Toshkentning qadimiy darvozalarni qayta tiklash ishlarini jadallashtirish, tarix va arxeologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan tajribali ekspertlar va soha mutaxassislarini, shuningdek, boshqa tegishli davlat tashkilotlarining masʼul xodimlarini jalb qilgan holda, darvozalarning aniq tarixiy dizayni va loyiha-konsepsiyalarini puxta ishlab chiqishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Toshkentning qadimiy darvozalarni qayta tiklash boʻyicha Ishchi guruhi tomonidan bugungacha bajarilgan ishlar koʻrib chiqildi. Joriy yilda poytaxtning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlari olib borilayotgani maʼlum qilindi.
Maʼlumot oʻrnida: XIX asrga qadar Toshkent shahri 12 ta darvozaga ega kuchli qalʼa devori bilan oʻralgan. Har bir darvoza oʻsha hududning qadimiy nomi, markaziy koʻchaning nomlanishi yoki qaysi yoʻnalishda joylashganligiga qarab atalgan: Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sagʻbon, Chigʻatoy, Koʻkcha, Samarqand, Kamolon, Beshyogʻoch, Qoʻymas, Qoʻqon, Qashqar. Har bir darvozani maxsus xonada yashagan qoʻriqchi (darvozabon) nazorat qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring