Toshkentning 8 ta tumanidagi ayrim joylar besh kunga issiq suvdan uziladi

15:58 09 Sentyabr 2023 Jamiyat
899 0

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish ishlari doirasida joriy yilning 11-15-sentyabr kunlari “Toshkent issiqlik markazi” filialining faoliyati toʻliq toʻxtatiladi. Shu sababli, poytaxtimizning qator manzillarida issiq suv taʼminoti oʻchiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mirobod tumani:
— Nukus, Avliyo ota, Mirobod, Katta mirobod, Afrosiyob, Gospital, Xonzodabegim, Oybek, Turkiston, A.Temur, Istiqbol, Shahrisabz, T.Shevchenko, Fidokor, Chimkent, Buyuk Turon, Kichik Beshyogʻoch, H.Aliyev, Yakka Chinor, Buxoro, Matbuotchilar, Zarafshon, I.Karimov koʻchalari;
— Katta Mirobod 1-tor, Mironshoh 7-tor, Nukus 1-berk koʻchalari.

Chilonzor tumani:
— 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 16, 17, 18, 19, 20a, E, S, I-24 mavzelari
— Muqimiy, Lutfiy, Doʻmbrobod, Arnasoy, Naqqoshlik, Chilonzor, Bogʻiston, Nafosat, Choʻponota koʻchalari.

Mirzo Ulugʻbek tumani:
— A.Toʻqay, Oʻzbekiston ovozi koʻchalari.

Shayxontohur tumani:
— Oqtepa mavzesi;
— Gulxaniy, Samarqand darvoza, Yesenin, Nurafshon va Uvaysiy koʻchalari.

Yunusobod tumani:
— Matbuotchilar, Sayilgoh, Sh.Rashidov koʻchalari.

Yakkasaroy tumani:
— Bobur, X. Umarov, KXAY, A. Qahhor, Nukus, Kichik Beshyogʻoch, H. Sulaymon, Glinka, Shota Rustaveli, Bogʻiboʻston, Yakkasaroy 1 va 2-tor koʻchalari, Boshliq 1-tor koʻchasi, Nurmuhammedov, Komil Yashin, Safdosh, Muqimi, Suqrot, Muqimi 1 — tor kucha, Shoxjahon, Akromxoʻjayev, Imom At-Termiziy, Oʻrikzor, Oʻrikzor 1-tor, Jamshid Shoshiy 1-tor, Belariq, Toshbuloq, Bobir Boboyev, Askiya, Abdulla Avloniy, Yusuf Xos Hojib, Jiydazor, Bratislava, Mirobod, Koʻxinur, Tafakkur, Bogʻsaroy, Vohidov, Saraboʻston, Yunus Rajabiy, Samarqand koʻchalari
— “Boshliq”, “Qushbegi”, “Rakat” mavzelari.

Sirgʻali tumani:
— S. Talipov, M. Xadar, Oltin Vodiy koʻchalari;
— Islom Karimov nomli Xalqaro Aeroport.

Yashnobod tumani:
— S. Azimov, Elbek, Toʻy-tepa, Istiqlol, Istiqbol, Shahrisabskaya, Maxtumquli koʻchalari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?