Toshkentdagi minglab xonadonlarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

22:00 13 Avgust 2024 Jamiyat
293 0

Taʼmirlash ishlari tufayli poytaxtning Mirzo Ulugʻbek, Yangihayot, Chilonzor, Yunusobod va Bektemir tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz taʼminoti filiali axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 14-avgust kuni maʼlum vaqt oraligʻida quyidagi hududlarda tabiiy gaz taʼminoti toʻxtatiladi.

Mirzo Ulugʻbek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • Oliy himmat koʻchasidagi 15 ta yerli xonadon.

Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • “Xoʻja Uchqun” MFY Yoshlar, Gʻuncha, Hidoyat va Daryo koʻchalaridagi 224 ta yerli xonadon.
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta.

Chilonzor tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • “Sharq tongi” MFYdagi 601 ta yerli xonadon;
  • Xontoʻpi» MFYdagi 524 ta yerli xonadon;
  • “Xayriobod” MFYdagi 432 ta yerli xonadon.
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 10 ta.

Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • “Otchopar-1” MFYdagi 280 ta yerli xonadon va 2 ta koʻp qavatli uydagi 80 ta xonadon;
  • “Otchopar-2” MFYdagi 260 ta yerli xonadon va 2 ta koʻp qavatli uydagi 80 ta xonadon.
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 22 ta.

Bektemir tumani (soat 09:00 dan 17:00 gacha)

Aholi isteʼmolchilari soni:

  • “Ustozlar” MFY Nurli koʻchasidagi 190 ta yerli xonadon.
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta.

“Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?