Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

Videodan kadr
Avvalroq Toshkent shahridagi “Jar” stadionida oʻtayotgan “LikeCup” turnirida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida ommaviy janjal kelib chiqqani haqida xabar berilgandi. Mazkur toʻpolonni sahnalashtirgan va jarayonni izdan chiqib ketishiga sababchi boʻlganlarning ishi sudda koʻrib chiqildi hamda tegishli jazo choralari qoʻllanildi.
Poytaxt IIBB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, voqea boʻyicha Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, turnir ishtirokchilari bilan profilaktik suhbat olib borilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining sayyor sud majlisi boʻlib oʻtgan hamda unda qoidabuzarlarga nisbatan sud qarori qabul qilingan.
Jumladan, turnir tashkilotchisi boʻlgan aktyor Alisher Uzoqov, qiziqchi Abdurahmon Mavlonov, blogerlar Mirjalol Rahmonaliyev hamda Dilshodbek Oʻrozboyev Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddaning (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari (3 mln 750 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Janjalni keltirib chiqargan Ozodbek Oʻrozboyev esa Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi hamda 194-moddaning 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 10 sutga maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilingan.
Qolaversa, Kamoliddin Mamajonov ham Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi hamda 194-moddaning 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va bazaviy hisoblash miqdorining 12 barobari (4 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring