Toshkentdagi ERH Assambleyasi yigʻilishida sobiq uran konlarini rekultivatsiyalash masalalari muhokama qilindi
7-sentabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Yevropa Ittifoqining soʻrovnomasiga binoan Markaziy Osiyo uchun Ekologik reabilitatsiya hisobi (ERH) Assambleyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Markaziy Osiyo uchun Ekologik reabilitatsiya hisobi (ERH) Assambleyasining raisi Adriaan Van der Meer, Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi, Qirgʻiz, Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda nutq soʻzlagan Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov eski uran shaxtalari va kimyoviy qoldiqlarni bartaraf etish muhim vazifa ekanligini taʼkidladi.
“Bu loyiha Oʻzbekistonda ekologik jihatdan xavf yuqori boʻlgan hududlarni tartibga solishga qaratilgan. Mazkur hududlardagi eski uran shaxtalarini bartaraf etib, infrastrukturasini yaxshilashni maqsad qilganmiz, — dedi A. Abduhakimov. — Shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan kimyoviy qoldiqlarni yoʻq qilish va boshqa yoʻnalishlarga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldik”.
Yigʻilishda ishtirokchilarga sobiq uran konlarini rekultivatsiya qilish bilan bogʻliq rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, kelgusi yil uchun maqsadlar muhokama qilindi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston ERHning benefitsiari boʻlib, Strategik bosh rejada ustuvor obyektlar sifatida belgilangan Toshkent va Namangan viloyatlaridagi sobiq uran konlari obyektlarini rekultivatsiya qilish rejalashtirilgan.
Tadbir doirasida 8–9-sentabr kunlari Yevropa ittifoqi davlatlari vakillari, shuningdek, Chexiya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Vengriya, Latviya, Ruminiya, Shvetsiya, Shveytsariya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, AQSH diplomatik vakolatxonalari rahbarlari sobiq uran konlarini rekultivatsiya qilish ishlari bilan tanishish maqsadida Yangiobod shahriga tashrif buyurishadi.
Tadbir doirasida atrof-muhitni koʻkalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, ERH, Yevropa komissiyasi, Xalqaro atom energiyasi agentligi, EXHT, BMTTD, Qirgʻiz va Tojikiston Respublikasi vakillari ishtirokida Angren shahridagi 42-sonli maktab hududida mahalliy hokimiyat organlari bilan daraxt koʻchatlari ekiladi.
Shuningdek, Yangioboddagi sobiq uran konlariga tashrif, uran obyektlarining rekultivatsiya qilinayotgan qurilish maydonchalarida bajarilayotgan ishlar, ish joylarda radiatsiya holatini va ishlarni atrof-muhitga taʼsiri bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ERH doirasida ishlarni tashkil etish boʻyicha masʼul davlat organi etib belgilangan. Ekologiya vazirligi va YETTB oʻrtasida “Yangiobod va Chorkesar-2 uran merosi obyektlarini rekultivatsiya qilish” Grant bitimi imzolangan. Rekultivatsiya ishlari olib borilmoqda. Obyektlarni rekultivatsiya qilish ishlarini 2025-yilga qadar yakunlash kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring