Toshkentdagi 10 ta avtobus yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritiladi

17:39 04 Mart 2025 Jamiyat
225 0

Joriy yilning 5-mart kunidan boshlab, yoʻlovchi oqimi va fuqarolar murojaatlarini inobatga olgan holda ayrim avtobus yoʻnalishlariga oʻzgartirishlar kiritiladi. Transport vazirligi xabar berdi.

Jumladan,

  • 29-sonli “Huvaydo mahallasi – Paxtakor metrosi” — Beruniy va Al-Xorazmiy koʻchalari kesishmasidan chapga burilib harakatlanadi;
  • 120-sonli “Chorsu metrosi – Guliston mahallasi” — Chorsu metrosidan Guliston mahallasiga borishda va qaytishda A.Navoiy koʻchasi orqali harakatlanadi;
  • 105-sonli “Sergeli qoʻrgʻoni – Chilonzor buyum bozori” — Xonobod koʻchasidan harakatlanadi, Ulgurji bozoriga kirmaydi;
  • 117-sonli “Toshkent quvur zavodi – Fud Siti” — Toshkent quvur zavodidan kelishda Ulgurji bozori orqali harakatlanadi;
  • 154-sonli “Bobur mahallasi – Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi” — Bobur mahallasidan THAY va Yangi Sergeli koʻchalari orqali harakatlanadi;
  • 87-sonli “Al-Xorazmiy mavzesi – Qoraqamish 2/4 mavzesi” — Guliston, Poygoh, Qurilish, Qovunchi koʻchalari orqali Chilonzor 30-dahasi bekatigacha harakatlanadi.
  • 17T-sonli “Bekobod mavzesi – Chilonzor buyum bozori” — Chilonzor buyum bozoridan kelishda Beshqayragʻoch, Bekobod, Istirohat koʻchalari orqali harakatlanadi;
  • 99-sonli “Suvsoz mavzesi – Farhod bozori” — Suvsoz mavzesidan kelishda Kichik halqa yoʻli, Lutfiy va Farhod koʻchalari orqali harakatlanadi.
  • 12-sonli “Qoʻyliq dehqon bozori – Qushbegi mavzesi” — Qushbegi mavzesidan Kichik halqa yoʻli va Bobur koʻchalari orqali Xalqaro Aeroport-2 bekatigacha harakatlanadi.
  • 174-sonli “Aviasozlar ASHB – Jumabozor qoʻrgʻoni” — Jumabozor ASHBdan Jumabozor qoʻrgʻoni bekatigacha uzaytiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?