Senatda Serbiya Prezidenti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 29-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash, doʻstlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning samarali ijrosini taʼminlashda parlament nazoratini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Suhbat chogʻida Serbiya Prezidenti A. Vuchich mamlakatimizda Davlat rahbarining oqilona siyosati asosida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi, shuningdek, Oʻzbekistonning tashqi siyosatidagi faol va tashabbuskor pozitsiyasi hamda iqtisodiy koʻrsatkichlarning barqaror oʻsib borayotganini tarixiy ahamiyatga ega voqelik sifatida eʼtirof etdi.
Oʻzbekiston hamda Serbiya oʻrtasidagi doʻstlik, oʻzaro ishonch va hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlandi.
Serbiya Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi ikki mamlakat munosabatlarida, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab bergani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring