Toshkentda yuz bergan “avariya”da 2005-yilda tugʻilgan haydovchi halok boʻldi
Joriy yilning 26-iyul kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida “Spark” mashinasi haydovchisi boʻlgan 20 yoshli yigit avtohalokatga uchrab, halok boʻldi. Bu haqda poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 01:05 larda tumanning Nurafshon koʻchasida 2005-yilda tugʻilgan haydovchi Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan. Shundan soʻng, u beton ustunga toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Haydovchi olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Shuningdek, avtomashina ichida boʻlgan yana 1 nafar yoʻlovchiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov davom etmoqda.
Avvalroq 28 yoshli portugaliyalik futbolchi, “Liverpul” hujumchisi Diogo Jota Ispaniyaning Zamora viloyatida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasida halok boʻlgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring