“Liverpul” yulduzi Diogo Jota avtohalokatda vafot etdi. U yaqindagina oila qurgandi
28 yoshli portugaliyalik futbolchi, “Liverpul” hujumchisi Diogo Jota Ispaniyaning Zamora viloyatida sodir boʻlgan yoʻl transport hodisasida halok boʻldi. Fojia 3-iyul tongida Sanabriya hududidan oʻtuvchi A-52 avtomobil yoʻlining 65-kilometrida yuz bergan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Diogo Jota oʻz ukasi, 26 yoshli Andre Jota bilan birga ketayotgan avtomobil boshqaruvni yoʻqotib, yoʻldan chiqib ketgan va natijada mashina yonib ketgan. Andre Jota ham professional futbolchi boʻlib, Portugaliyaning “Penafiyel” klubida toʻp surardi. Hodisa joyiga birinchi boʻlib yetib kelgan guvohlarning soʻzlariga koʻra, mashina darhol alangaga oʻralgan va yongʻin atrofdagi oʻsimliklarga ham tarqalgan.
Diogo Jota 2020-yilda “Volverhampton” klubidan “Liverpul”ga 44,7 million yevro evaziga transfer qilingan edi. U ingliz klubining asosiy hujumchilaridan biri sifatida tanilgan va shu kungacha 182 ta oʻyinda maydonga tushib, 65 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
“Liverpul” safida u bir nechta sovrinlarni qoʻlga kiritdi, xususan, 2021/22-yilgi mavsumda Angliya Kubogi va Liga Kubogini, 2024/25-yilgi mavsumda esa Angliya Premer-ligasini qoʻlga kiritgan edi.
Qayd etish kerakki, futbolchi 22-iyun kuni 2012-yildan beri munosabatda boʻlib kelgan sevgilisi Rute Kardosoga uylangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring